Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 367 va 369-moddalariga muvofiq rasmiy Ommaviy Oferta (shartnoma) hisoblanadi. LMT Ecosystem tarkibiga kiruvchi internet resurslaridan (my.lmtnet.uz, wlt.lmtnet.uz, app.lmtnet.uz, event.lmtnet.uz) har qanday usulda foydalanish mazkur ofertaning barcha shartlarini so‘zsiz qabul qilish (aksept keltirish) hisoblanadi.
01Atamalar va ta’riflar
- Ekotizim (LMT Ecosystem)
- lmtnet.uz domenida va uning subdomenlarida (my.lmtnet.uz, wlt.lmtnet.uz, app.lmtnet.uz, event.lmtnet.uz) joylashgan, yagona raqamli infratuzilmaga biriktirilgan axborot tizimlari, veb-saytlar va Telegram platformasidagi Mini App/Botlar majmuasi.
- Platforma ma’murlari (Ijrochi)
- LMT Ecosystem brendi ostida raqamli texnik xizmatlar, dasturiy mahsulotlar va servis platformalarini taqdim etuvchi yuridik shaxs yoki qonuniy vakil.
- LMT IDmy.lmtnet.uz
- Foydalanuvchining ekotizim ichidagi yagona identifikatsiya tizimi bo‘lib, Telegram yoki Google akkauntlari orqali parolsiz va xavfsiz kirishni ta’minlaydi.
- LMT Walletwlt.lmtnet.uz
- Foydalanuvchining shaxsiy hisobvarag‘i (kabineti) bo‘lib, u Ekotizim xizmatlaridan foydalanish uchun oldindan to‘langan mablag‘lar (avans) miqdorini virtual hisob birligida aks ettiradi. Mazkur tizim bank hamyoni yoki elektron pullar tizimi hisoblanmaydi.
- LMT birligi
- LMT Ecosystem xizmatlaridan foydalanish huquqini beruvchi, pul bo‘lmagan ichki raqamli hisob birligi (bonus/ball/sertifikat). 1 LMT birligi shartli ravishda O‘zbekiston Respublikasining 1 (bitta) so‘miga teng deb baholanadi.
- LMT Ecosystem katalogiapp.lmtnet.uz
- Hamkorlar (tashqi tashkilotlar va jismoniy shaxslar) tomonidan joylanadigan raqamli xizmatlar, kurslar, kitoblar, ilovalar va boshqa servislarni Foydalanuvchilarga taqdim etuvchi agregator (marketplace) xizmati. Ekotizimga yangi servislar bosqichma-bosqich qo‘shib boriladi.
- LMT Eventevent.lmtnet.uz
- Turli tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan tadbirlar, e’lonlar va chiptalar yaratish hamda ularni tarqatish uchun mo‘ljallangan agregator (marketplace) xizmati.
02Shartnoma predmeti va aksept
2.1Ijrochi Foydalanuvchiga LMT Ecosystem tarkibidagi subdomenlar va dasturiy xizmatlardan foydalanish, raqamli xizmatlarga obuna bo‘lish hamda tadbirlarga chiptalar xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi.
2.2Foydalanuvchi tomonidan my.lmtnet.uz sahifasida Telegram yoki Google orqali tizimga birinchi marta kirishi, yoki Click, Payme, Telegram Stars, TON yoki boshqa mavjud to‘lov usullari orqali to‘lovni amalga oshirishi mazkur Ofertaga to‘liq va so‘zsiz Aksept (rozilik) hisoblanadi.
03LMT Wallet (hamyon) va hisoblash tizimi qoidalari
3.1LMT Wallet tizimidagi balans Foydalanuvchining kelajakdagi IT-xizmatlar va dasturiy ta’minot obunalari uchun oldindan to‘langan avans mablag‘lari (Prepaid Voucher) hisoblanadi.
3.2LMT birliklari O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi (pul) yoki kripto-aktiv hisoblanmaydi. Tizim ichidagi balans faqat va faqat LMT Ecosystem xizmatlari uchun sarflanishi mumkin.
3.3Qaytarib bo‘lmaslik sharti: Foydalanuvchi tomonidan Click, Payme, Telegram Stars, TON yoki boshqa to‘lov usullari orqali to‘langan mablag‘lar evaziga raqamli xizmatlardan foydalanish huquqi to‘lov amalga oshirilgan zahoti taqdim etilganligi sababli, kiritilgan mablag‘lar haqiqiy pul (so‘m) ko‘rinishida qaytarib berilmaydi (No-refund) va naqdlashtirilmaydi.
3.4Uchinchi shaxs foydasiga to‘lov (O‘tkazma yangi funksiyasi): Tizim foydalanuvchilari tizim ichidagi P2P (balansdan balansga) erkin o‘tkazmalarni amalga oshira olmaydilar. Biroq, A foydalanuvchi B foydalanuvchining hamyon karta raqamini kiritgan holda (tizim qabul qiluvchining ismini ko‘rsatadi), uning balansi uchun Click, Payme, Telegram Stars, TON yoki chek (karta/Uzum) orqali real to‘lovni amalga oshirib berishi mumkin. Ushbu amal "Uchinchi shaxs foydasiga majburiyatni bajarish" hisoblanib, qaytarib olinmaydigan ixtiyoriy hadya (sovg‘a) deb baholanadi.
04LMT Event va agregatorlik xizmatlari
4.1event.lmtnet.uz platformasida uchinchi tomon hisoblangan Tashkilotlar o‘z tadbirlari uchun to‘lovli va bepul chiptalar (ticketlar) yaratish huquqiga ega.
4.2LMT Event platformasi chiptalar sotuvida vositachi (agent) sifatida ishtirok etadi. Chiptalar sotuvidan tushgan mablag‘lar Ijrochining bank hisob raqamiga kelib tushadi va Tashkilot bilan tuzilgan alohida agentlik shartnomasiga asosan, xizmat komissiyasi chegirilgan holda Tashkilotga o‘tkazib beriladi.
4.3Tadbirning mazmuni, sifati, qatnashchilarga taqdim etiladigan xizmatlar yoki tadbirning qoldirilishi uchun barcha yuridik va moddiy javobgarlik bevosita tadbirni yaratgan Tashkilot (tashkilotchi) zimmasidadir. Ijrochi faqat chipta sotish platformasini taqdim etadi.
4.4app.lmtnet.uz katalogidagi xizmatlar, kurslar, kitoblar va ilovalarning mazmuni, sifati va qonuniyligi uchun javobgarlik ularni joylagan Hamkor zimmasidadir; Ijrochi faqat joylash va sotish platformasini taqdim etadi va Hamkorlar bilan alohida shartnoma asosida ish yuritadi.
05Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash (Privacy Policy)
5.1Foydalanuvchi tizimga kirish orqali o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini (Ismi, familiyasi, elektron pochta manzili, Telegram ID va telefon raqami) LMT Ecosystem xizmatlari sifatini oshirish, profiling xavfsizligini ta’minlash hamda xizmatlar yuzasidan bildirishnomalar yuborish uchun qaytarib olinmaydigan rozilik beradi.
5.2Ijrochi foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq sir saqlashni va uchinchi shaxslarga bermaslikni o‘z zimmasiga oladi.
06Xavfsizlik va PIN kod
6.1Foydalanuvchi wlt.lmtnet.uz saytida yaratilgan shaxsiy PIN kodining maxfiyligi uchun shaxsan javobgardir. PIN kod ma’lumotlar bazasida shifrlangan holda saqlanadi, uni platforma xodimlari ko‘ra olmaydi va qayta tiklab bo‘lmaydi.
6.2PIN kodni uchinchi shaxslarga berish oqibatida ko‘rilgan har qanday moddiy yoki ma’naviy zarar uchun Ijrochi javobgarlikni o‘z bo‘ynidan soqit qiladi.
07Yakuniy qoidalar
7.1Ijrochi mazkur Ommaviy Ofertani istalgan vaqtda Foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmasdan bir tomonlama o‘zgartirish huquqiga ega. Ofertaning yangi tahriri ushbu sahifada chop etilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
7.2Mazkur shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar dastlab muzokaralar yo‘li bilan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa Ijrochi ro‘yxatdan o‘tgan hududdagi tegishli sudda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida ko‘rib chiqiladi.